FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Noyabr 2022 2329

Toshkentda ot sporti boʻyicha xalqaro yigʻin oʻtmoqda

Poytaxtimizdagi “Universal horses stable” ot sporti klubida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻini boʻlib oʻtmoqda. Mashgʻulotlarda hamyurtlarimiz bilan bir qatorda konkur boʻyicha Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Belarus terma jamoalari ham ishtirok etishmoqda.

Yigʻinga Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev boshchilik qilyapti. Xorijiy jamoalar poytaxtimizga oʻz otlari bilan tashrif buyurgan. Mashgʻulotlarda qatnashayotgan barcha terma jamoalarga, xususan, sportchilar va otlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Qayd etish joiz, soʻnggi davrda mamlakatimiz sportchilari xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishib kelishmoqda, MDH va Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchilar qatoriga kirishdi. Tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar mashgʻulotlar davomida oʻzaro tajriba almashib, oldinda turgan masʼuliyatli startga hozirlik koʻrishmoqda.

Text to speech