7 Noyabr 2022 1777

Tarixda birinchi bor o‘zbek dzyudochi qizi jahon reytingida peshqadamga aylandi

Boku “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Ahamiyatlisi, musobaqadagi g‘alabasi evaziga Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasining yakka peshqadamiga aylandi. Qayd etish joiz, shu paytgacha hech bir dzyudochi qizimiz dunyo reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilmagan edi. Shu tariqa, jahon tasnif jadvalini boshqarib borayotgan hamyurtlarimiz soni 2 nafarga yetdi. Shuningdek, Bokuda yuqori natija qayd etgan boshqa sportchilarimiz ham sezilarli o‘sishga erishdi. Batafsil:

-60 kg:
1. Yung Vei Yang (Xitoy Taipeyi) – 6645 ochko
27. Dilshodbek Baratov – 1580

-66 kg:
1. Denis Viyeru (Moldova) – 6910 ochko
14. Sardor Nurullayev – 2144
26. Muhriddin Tilovov – 1316
54. Rahimjon Subxonov – 760

-73 kg:
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) – 6377 ochko
7. Murodjon Yo‘ldoshev – 2781
14. Obidxon No‘’monov – 2160
20. Hikmatilloh To‘rayev – 1846
26. Shahram Ahadov – 1660

-81 kg:
1. Mattias Kasse (Belgiya) – 7625 ochko
5. Sharofiddin Boltaboyev – 3725

-90 kg:
1. Davlat Bobonov – 6134 ochko
2. Beka Gviniashvili (Gruziya) – 4945
60. Shermuhammad Jandreyev – 736

-100 kg:
1. Mixael Korrel (Niderlandiya) – 5107 ochko
10. Muzaffarbek To‘raboyev – 3315
26. Otabek To‘raboyev – 1332

+100 kg:
1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 5180 ochko
7. Alisher Yusupov – 3301
20. Shohruh Baxtiyorov – 2110
38. Bekmurod Oltiboyev – 926

Ayollar:
-52 kg:
1. Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston) – 5750 ochko
2. Amandin Bushar (Fransiya) – 5510
30. Sita Qadamboyeva – 1087

-70 kg:
1. Sanne van Diyke (Niderlandiya) – 6424 ochko
15. Gulnoza Matniyazova – 2826

Text to speech