Dzyudochilarimiz Boku turnirini 4 ta medal bilan yakunlashdi
Ozarbayjonda dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa yakuniga yetdi. Ogʻir vazn toifasidagi polvonlar oʻrtasida kechgan bugungi bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta medalga sazovor boʻldi.
+100 kg vazn toifasi finalida jahon reytingining amaldagi peshqadami, tojikistonlik Temur Rahimovga qarshi bahs olib borgan Alisher Yusupov imkoniyatni boy berib qoʻydi va kumush medal bilan taqdirlandi. Ushbu vazn toifasida kurashgan boshqa bir vakilimiz Shohruh Baxtiyorov esa bronza medali uchun bahsda finlyandiyalik Martti Pumalaynendan ustun keldi.
Shu tariqa, terma jamoamiz Boku turnirini 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi. Musobaqa qahramonlari:
Oltin: Diyora Keldiyorova (-52 kg)
Kumush: Alisher Yusupov (+100 kg)
Bronza: Sita Qadamboyeva (-52 kg)
Bronza: Shohruh Baxtiyorov (+100 kg)