6 Noyabr 2022 1864

Yosh regbichilarimiz Osiyo chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritishdi

Toshkent viloyatining Angren shahrida regbi-7 boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan yigitlarimiz kumush medalga sazovor boʻlishdi.

Hamyurtlarimiz hal qiluvchi bellashuvda BAA vakillariga qarshi maydonga tushishdi. Murosasiz oʻyinda mehmonlarning qoʻli baland keldi. Bronza medallari esa malayziyalik regbichilarga nasib etdi.

Regbi-7 boʻyicha U20 Osiyo chempionati, erkaklar:

1. BAA

2. Oʻzbekiston

3. Malayziya

Ayollar:

1. BAA

2. Hindiston

3. Tailand

Musobaqaning yopilish marosimida Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, Oʻzbekiston regbi federatsiyasi bosh kotibi Qahramon Jalilov ishtirok etishdi. Shahrullo Sharipovich terma jamoamiz qoʻlga kiritgan ushbu muvaffaqiyat bilan Oʻzbekiston regbi federatsiyasini qutladi. Shuningdek, u mamlakatimizda jamoaviy sport turlarining rivojlanib borayotganiga toʻxtalib, ushbu avlod vakillari kelajakda Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritishiga niyat bildirdi.

Text to speech