6 Noyabr 2022
1314
Suzish boʻyicha hakamlarga sertifikatlar topshirildi
Toshkent mezbonlik qilayotgan xalqaro seminarda suzish boʻyicha hakamlar uchun moʻljallangan darslar yakunlandi. Bugun Oʻzbekiston MOQda mutaxassislarga sertifikatlar taqdim etildi. Referilar sertifikatni Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimovdan qabul qilib oldilar.
24 hakam 4 kun davomida taniqli ekspert Vadim Ahmadiyevdan oʻz yoʻnalishlarining nozik qirralari, xalqaro federatsiya tomonidan qabul qilingan soʻnggi qoidalar haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishdi. Tadbirda mehmonlarga Osiyo Olimpiya kengashining esdalik sovgʻalari ham topshirildi. Mutaxassislar samimiy mehmondoʻstlik va oʻquv jarayonida yaratilgan barcha sharoitlar uchun tashakkur aytib, olgan bilimlari yangi marralarni zabt etishda as qotishini taʼkidlashdi.