5 Noyabr 2022 1026

Xalqaro seminarni yakunlagan ishtirokchilariga sertifikatlar taqdim etildi

Poytaxtimizda oʻtayotgan murabbiy va hakamlar seminarida dzyudo hamda ogʻir atletika boʻyicha darslar yakunlandi. Bugun Milliy Olimpiya qoʻmitasida darslarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan mutaxassislarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov seminar ishtirokchilarini unda muvaffaqiyatli ishtirok etishgani bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatlarida omad tilashdi. Oʻz navbatida, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vakillari seminar yuqori saviyada tashkil etilgani, mehmonlarning zamonaviy sharoitlarda bilim olishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgani haqida alohida toʻxtalib oʻtishdi.

Shundan soʻng Markaziy hamda Janubiy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan murabbiy va hakamlarga sertifikat bilan OOKning esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Text to speech