FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 Noyabr 2022 2447

Dostonbek Otabolayevni tabriklaymiz!

Bugun karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, ushbu sport turida o‘zbekistonlik birinchi jahon chempioni Dostonbek Otabolayev tavallud ayyomini nishonlamoqda. 

Dostonbek Otabolayev 1993-yil 5-noyabr kuni Farg‘onada tug‘ilgan. Karate bo‘yicha ko‘plab xalqaro musobaqalar, jumladan, 2019-yil Shanxayda o‘tkazilgan Premer-liga turniri g‘olibi, Osiyo chempionatlarining bir necha bor sovrindori hisoblanadi. 2021-yil BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida -75 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritib, karate bo‘yicha jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan dastlabki sportchimizga aylandi. Joriy yil AQShning Birmingem shahrida o‘tgan Butunjahon o‘yinlarida shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan. 

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Dostonbek Otabolayevni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech