4 Noyabr 2022 1184

Keldiyorova chempion, Qadamboyevada bronza!

Ozarbayjonda start olgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turnirining birinchi kun bellashuvlari yakunlanmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. 

So‘nggi musobaqalarda ajoyib kurashi bilan o‘z vaznida jahon elitasi qatoriga kirib borayotgan Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasuren ustidan ishonchli g’alabaga erishdi. Ushbu muvaffaqiyat samarqandlik dzyudochimiz uchun Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida 500 reyting ochkosini taqdim qiladi. 

Shuningdek, Sita Qadamboyeva (-52 kg) bronza medali uchun bahsda polshalik Aleksandra Kaleta ustidan g’alaba qozondi. Bu Qadamboyeva uchun faoloyatida “Katta dubulg’a” turnirlaridagi ilk medal bo’ldi. 

Afsuski, Kemran Nurillayev (-60 kg) uchunchi o’rin uchun bahsda imkoniyatni boy berib, musobaqani kuchli beshlikda yakunladi.

Text to speech