Jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyevni tabriklaymiz!
Bugun oʻzbek sportida oʻz oʻrniga ega bokschimiz, professional boks boʻyicha jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev tavallud ayyomini nishonlashmoqda.
Murodjon Ahmadaliyev 1994-yil 2-noyabrda tugʻilgan. Havaskor boks boʻyicha Osiyo chempioni (2017), jahon chempionati finalchisi (2015) va Rio-2016 Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sohibi hisoblanadi. Toshkentdagi Osiyo chempionatidan soʻng Murodjon faoliyatini professional boksda davom ettirdi va juda qisqa fursat, atigi sakkizinchi jangidayoq yengil vazn toifasida birlashgan WBA va IBF kamarlarini qoʻlga kiritdi. Bokschimiz bunday muvaffaqiyatlari evaziga davlatimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” va “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Murodjon Ahmadaliyevni bugungi ayyom tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.