FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
1 Noyabr 2022 2495

Manamada Osiyo Olimpiya kengashining gender tenglik mavzusiga bagʻishlangan seminari yakunlandi

Bahraynning Manama shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) tomonidan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining (XOQ) strategik yoʻl xaritasi, 2020+5 yilgi Olimpiya kun tartibiga muvofiq qitʼada gender tenglikni taʼminlash mavzusiga bagʻishlangan xalqaro seminar boʻlib oʻtdi. Maʼlum qilganimizdek, unda mamlakatimiz nomidan yurtimizda ayollar sportining faol targʻibotchilari, xususan, oʻzbek va jahon gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina, Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi bosh kotibi Kseniya Gulyamova, MOQ Xalqaro aloqalar departamenti bosh mutaxassisi Nargiza Xolmirzayeva ishtirok etishdi.

Ikki kun davomida oʻtkazilgan seminarda Oksana Chusovitina ham soʻz oldi. Gimnastika afsonasi hayoti va sport maydonida duch kelgan muammolari, ularni qanday yengib oʻtgani, jamiyatda oʻz oʻrnini topishida sportning ahamiyati haqida toʻxtalib, uni tanlaganidan hech qachon afsuslanmasligi, aksincha bundan baxtiyor ekanini bildirdi. Shuningdek, barcha xotin-qizlarga oʻzlarining salomatligi uchun sport bilan muntazam shugʻullanishni tavsiya qildi. Yakunda OOKning gender tenglik masalalari masʼuli Sheyxa Hayat bin Abdul Aziz Al Xalifa hamyurtimizga esdalik sovgʻasini topshirdi.

Tadbirda nutq soʻzlagan OOK prezidenti vazifasini bajaruvchi Raja Randhir Singx oʻz murojaatida barcha Milliy Olimpiya qoʻmitalari qitʼada ayollarning sportdagi harakatini rivojlantirish va uni yuksaltirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, OOK nafaqat musobaqa maydonida, balki sport tashkilotlari, maʼmuriyat va boshqaruv oʻrinlarida ham ayollarga oʻz qobiliyatlarini koʻrsatish uchun mustahkam platforma yaratishga koʻmaklashadi.

Seminar davomida hamyurtlarimiz Sheyxa Hayat bin Abdul Aziz Al Xalifa, shuningdek, bir qator xorijlik ayol mutasaddilar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, yurtimizda xotin-qizlar sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish kabi masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

Bir soʻz bilan aytganda, ushbu seminar bugungi kunda ayollar sport harakati oldida turgan asosiy masalalarni yoritishda muhim platforma boʻldi.

Text to speech