31 Oktyabr 2022 1123

Yengil atletikachimiz Turkiston marafonida g‘alaba qozondi

Qozog‘istonning Turkiston shahrida “Turkistan Marathon 2022” musobaqasi o‘tkazildi. Unda mezbonlardan tashqari Avstraliya, Ukraina, Qirg‘iziston, Fransiya, Rossiya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Tojikiston, Vengriya davlatlaridan tashrif buyurgan atletlar orasida hamyurtlarimiz ham ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egalladilar.

Ko‘pchilikning diqqat-markazida bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi marafon yo‘nalishida yurtdoshimiz Baxtiyor O‘tkirov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa terma jamoamiz vakilasi Tamila Qo‘chqorova kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, 21.1 km masofada kechgan yarim marafon dasturida Shohruh Davlatov shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi. Batafsil:

Erkaklar:
42 km, 195 m:
Oltin: Baxtiyor O‘tkirov – 2:25:34.09

21.1 km:
Kumush: Shohruh Davlatov – 1:05:24

Ayollar:
42 km, 195 m:
Kumush: Tamila Qo‘chqorova – 3:18:36.88

Text to speech