FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
31 Oktyabr 2022 2289

Oʻzbek sportining fidoyilaridan biri Shoira Abdullayeva 70 yoshda

Uzoq yillar Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida oʻqituvchilik qilgan jonkuyar ustoz, “II darajali sogʻlom avlod uchun” ordeni sohibasi Shoira Abdullayeva 70 yoshni qarshi oldi. Bugun Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov Shoira Karimovnani ushbu qutlugʻ yoshi bilan muborak etib, Kengashning esdalik sovgʻalarini taqdim qildi.

Maʼlumot uchun, Shoira Karimovna Abdullayeva 1952-yil 30-oktyabr sanasida Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat universitetini tamomlagach, 1976-yil Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida oʻzbek tili va adabiyoti boʻyicha oʻquvchilarga taʼlim bera boshladi. Shundan soʻng 2020-yilgacha kollejda oʻquv boʻlimi boshligʻi, direktor oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib bordi.

Bu yil Shoira Abdullayeva ushbu dargohda faoliyat boshlaganiga 46 yil boʻldi. Jonkuyar ustoz hali hamon yosh atletlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga oʻzbek tili va adabiyoti fanlaridan taʼlim berishda davom etmoqda.

Text to speech