FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
31 Oktyabr 2022 3464

Jizzax viloyati ilk bor karate boʻyicha mamlakat chempionatida oltin medal qoʻlga kiritdi

Xorazmda karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha mamlakatimiz sport tashkilotlaridagi bolalar, kadetlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati yakuniga yetdi. Ikki kun davom etgan bellashuvlarda BOʻSM, IBOʻSM, Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, Oliy sport mahorat maktablaridagi 8 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar bahs olib borishdi.

Musobaqa yakuniga koʻra, sovrinli oʻrinlarning aksariyatini Xorazm, Toshkent va Surxondaryo viloyati vakillari egallashdi. Terma jamoa murabbiylar shtabining maʼlum qilishicha, ilk bor Jizzax viloyati sportchisi mamlakat chempionatida gʻolib boʻldi. Bu esa karate yurtimizning har bir hududida keng ommalashib borayotganidan dalolat.

Mazkur musobaqa terma jamoa murabbiylariga oʻsmirlar va yoshlar terma jamoasi uchun zaxira sportchilarini koʻrib olish, hududlardan iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish vazifasini bajarib berdi.

Text to speech