Ular taekvondo bo‘yicha jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qilishadi
Taekvondo WT muxlislari intiqib kutayotgangan jahon chempionati yaqinlashib kelmoqda. 3 yillik tanaffusdan so‘ng o‘tkaziladigan dunyo birinchiligiga bu yil Meksikaning Gvadalaxara shahri 13-20 noyabr kunlari mezbonlik qiladi. Musobaqa Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun g‘olibga 140 ochko taqdim qilishi unga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi mazkur chempionatda ishtirok etadigan tarkibni ma’lum qildi. Unda Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov, Olimpiada ishtirokchilari Nikita Rafalovich, Svetlana Osipova kabi nomdor sportchilar qatorida yangi nomlarni ham uchratish mumkin. Jamoaning to‘liq tarkibi quyidagicha:
-54 kg: Jahongir Xudoyberidev
-58 kg: Amir To‘rayev
-63 kg: Niyaz Pulatov
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-74 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salayev
-87 kg: Nikita Rafalovich
+87 kg: Marat Mavlonov
-46 kg: Zuhra Tojimatova
-49 kg: Zarnigor Husniddinova
-53 kg: Sitora Ergasheva
-57 kg: Madina Mirbzalova
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
-73 kg: Saodat Aliyeva
+73 kg: Svetlana Osipova
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bo‘lajak dunyo birinchiligida jamoamizga omad va zafarlar tilaydi.