29 Oktyabr 2022 785

Respublikamizning eng kuchli yosh karatechilari Xorazmda jam boʻlishdi

Bugun Xorazmda karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha mamlakatimiz sport tashkilotlaridagi bolalar, kadetlar va oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boshlandi. 2 kun davom etadigan musobaqada BOʻSM, IBOʻSM, Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, Oliy sport mahorat maktablaridagi 8 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar bahs olib boradi.

Kata va kumite boʻyicha oʻtkazilayotgan Respublika birinchiligida mamlakatimizning barcha hududlaridan 600 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun kurashmoqda. Ushbu musobaqa oʻsmirlar va yoshlar terma jamoasi uchun kuchli zaxira sportchilarini tayyorlash, viloyatlardan iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish maqsadida tashkil qilingan.

Text to speech