FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
28 Oktyabr 2022 2314

Azizjon Kamilov dzyudochilarimizning mashgʻulotini kuzatdi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ayni kunlarda 4-6-noyabr kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtadigan “Katta dubulgʻa” turniriga tayyorgarlik koʻrmoqda. MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov terma jamoa bazasiga tashrif buyurib, sportchilarimizning mashgʻulotini kuzatdi va ular bilan suhbatlashdi.

Azizjon Yakubjanovich uchrashuv davomida Shahram Ahadovni Abu-Dabi “Katta dubulgʻa” turnirida bronza medalini qoʻlga kiritgani bilan tabrikladi. Shuningdek, A.Kamilov Boku safariga tayyorlanayotgan dzyudochilarga ham omad va zafarlar tiladi.

Eslatib oʻtamiz, Abu-Dabi “Katta dubulgʻa” turnirida Diyora Keldiyorova (-52 kg) kumush, Shahram Ahadov (-73 kg) bronza medalini qoʻlga kiritgan edi. Bokuda oʻtadigan ushbu nufuzdagi musobaqada jamoamiz 19 nafar sportchi bilan qatnashadi. Hamyurtlarimiz 1-noyabr kuni Ozarbayjon poytaxtiga yoʻl olishadi.

Text to speech