28 Oktyabr 2022 599

Butunjahon dzyudo kuni muborak!

Har yili 28-oktyabr sanasi dunyoda Butunjahon dzyudo kuni sifatida keng nishonlanadi. Dzyudo asoschisi Dzigoro Kano aynan 28-oktyabr sanasida dunyoga kelgan. Xalqaro dzyudo kunining shu kunda nishonlanishi ham bejiz emas, albatta. Har yili Xalqaro dzyudo federatsiyasiga aʼzo 5 qitʼaning 200 ga yaqin davlatida, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham oʻziga xos dzyudo bayrami keng tantana bilan nishonlanadi.

Qayd etish joiz, ushbu sport turi mamlakatimizda oʻzining yangi rivojlanish davrini oʻtkazmoqda. Joriy yil poytaxtimizda ilk bor kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatining oʻtkazilgani, unda terma jamoamiz oʻz tarixida birinchi marta 2 ta oltin medalga sazovor boʻlgani bunga yaqqol misol.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu sana munosabati bilan Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi, sportchi va murabbiylar, yurtimizdagi katta dzyudo oilasini bugungi bayram bilan qutlaydi.

Text to speech