24 Oktyabr 2022 1297

O'zbekiston va BAA Milliy Olimpiya qo'mitalari o'rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda

Bugun do'stona rishtalari tobora mustahkamlanib borayotgan O'zbekiston va BAA Milliy Olimpiya qo'mitalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Dubay shahrida o'tgan tadbirda har ikki Qo'mitaning Bosh kotiblari Oybek Kasimov hamda Azza bintu Sulaymon ishtirok etishdi.

Rejaga ko'ra, ikki mamlakatning asosiy va yoshlar terma jamoalari yirik kompleks musobaqalar, Osiyo va jahon chempionatlariga tayyorgarlik, sport menejmenti, tibbiyot kabi yo'nalishlarda hamkorlikni yanada mustahkam olib boradi. Shuningdek, yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish, mavjud infratuzilmalarni yaxshilash bo'yicha o'zaro tajriba almashadi.

Samimiy ruhda o'tgan suhbatda Azza bintu Sulaymon o'zbek sporti nafaqat qit'amiz, balki jahonda katta mavqega ega ekani, ikki tomonlama hamkorlik mamlakatlarning sport sohasida yanada jadal rivojlanishiga turtki bo'lashini ta'kidladi. O'z navbatida, Oybek Kasimov ham BAA sportiga yuqori baho berib, ushbu davlat Milliy Olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlik yurtimiz sporti uchun manfaatli ekanini bildirdi.

Text to speech