FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
24 Oktyabr 2022 2578

Ot sportining uchkurash yo‘nalishi bo‘yicha mamlakat kubogi uchun bahslar boshlandi

Bugun poytaxtimizdagi “Universal Horses Stables” ot sporti klubida uchkurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslariga start berildi. Uch kun davom etadigan musobaqada chavandozlar ot yo‘rttirish, kross va konkur dasturlarida bor mahoratlarini namoyish etishadi. Qoidaga ko‘ra, sportchi barcha yo‘nalishlarda faqat bitta ot bilan ishtirok etishi mumkin.

Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan mazkur yo‘nalish mamlakatimizda ham tobora ommalashib bormoqda. Ushbu musobaqa kelasi yil Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik yo‘lida terma jamoa tarkibini shakllantirib olish uchun muhim startlardan biri hisoblanadi.

Text to speech