23 Oktyabr 2022 1113

Dzyudochilarimiz Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turniridagi ishtiroklarini yakunlashdi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turniri nihoyasiga yetdi. Bugun og‘ir vazn toifasida qatnashgan vakillarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi. Bekmurod Oltiboyev (+100 kg) ikkinchi bosqichda tojikistonlik Temur Rahimovga, Otabek To‘raboyev (-100 kg) uchinchi davrada kanadalik Kayl Raysga, Irisxon Qurbonboyeva (-78 kg) esa ilk davrada sloveniyalik Metka Lobnikka imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, jamoamiz musobaqani Diyora Keldiyorovaning (-52 kg) kumush va Shahram Ahadovning (-66 kg) bronza medallari bilan yakunladi.

Text to speech