22 Oktyabr 2022 1012

Ahadov va No’monov bronza medali uchun kurashishadi

Dzyudo bo‘yicha Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turnirining ikkinchi kunida medallar uchun kurashadigan sportchilar nomi ma’lum bo‘ldi. -73 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz Shahram Ahadov va Obidxon No’monov shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatini saqlab qolishdi. Har ikki vakilimiz yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni mardonavor bosib o‘tishdi. Biroq final ostonasida ularga biroz omad yetishmadi. Endi dzyudochilarimiz kechki dasturda bronza medali uchun tatamiga chiqishadi. Yurtdoshlarimizga quyidagi sportchilar raqiblik qilishadi:

Bronza medali uchun bahslar, -73 kg:
Shahram Ahadov – Petru Pelivan (Moldova) 
Obidxon No’monov – Salvador Roka (Ispaniya)

Text to speech