FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
21 Oktyabr 2022 2677

Tarixiy natija: Oʻq otish sportida jahon chempionatlaridagi birinchi medal qoʻlga kiritildi

Misr poytaxti Qohira shahrida oʻq otish sporti boʻyicha jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqaning bugungi kuni Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi uchun unutilmas natija bilan tarixda qoladigan boʻldi. Boisi, unda 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan otish boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi jamoaviy bahsda qatnashgan yigitlarimiz kumush medalni qoʻlga kiritishdi.

Hamyurtlarimiz hal qiluvchi bahsda hindistonlik tengqurlariga qarshi bahs olib borishdi. Murosasiz kechgan bellashuvda Hindiston jamoasi 16:8 hisobida gʻalaba qozondi va oltin medallarni rasmiylashtirdi.

Musobaqa davomida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Muhammad Kamolov, Veniamin Nikitin va Ilhombek Obidjonovga tasanno aytamiz. Barakalla, yigitlar!

Text to speech