FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
20 Oktyabr 2022 2599

Koreyada Milliy Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasining XXVI Bosh Assambleyasi davom etmoqda

Tadbirning ochilish qismida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax nutq so‘zlab, barchani yana bir bor sport orqali birdamlik va tinchlik rishtalarini mustahkamlashga chaqirdi. Shundan so‘ng reglament bo‘yicha oldinda turgan yirik kompleks musobaqalarga olib borilayotgan tayyorgarlik haqida tashkiliy qo‘mitalarning hisoboti tinglandi.

Bosh Assambleyada ishtirok etayotgan O‘zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov tadbir davomida bir qator xalqaro tashkilot rahbarlari bilan uchrashib, yangi g‘oya va tashabbuslar ustida fikr almashdi. XOQ prezidenti Tomas Bax, Xalqaro suzish federatsiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi Bosh direktori Husayn Al Musallam, Xalqaro gimnastika federatsiyasi prezidenti Morinori Vatanabe, MOQA Bosh kotibi Gunilla Lundberg, Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Jalud, Indoneziya MOQ prezidenti, Bali-2023 Butunjahon sohil o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rahbari Radja Oktaxara, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Gonkong MOQ prezidenti Timoti Fok, Qatar, shuningdek, Bahrayn, BAA, Ozarbayjon, Rossiya MOQ rahbariyati vakillari bilan uchrashuvlar shular jumlasidan. Qolaversa, Markaziy Osiyo mamlakatlari Milliy Olimpiya qo‘mitalarining rahbarlari o‘rtasida ham uchrashuv o‘tkazilib, unda Olimpizm targ‘ibotini yanada jadallashtirish masalalari va hamkorlik bo‘yicha bir qator mavzular muhokama qilindi. Bosh Assambleya davom etmoqda.

Text to speech