20 Oktyabr 2022 1182

Robin Mitchel MOQA prezidenti etib saylandi

Seul shahrida oʻtayotgan Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasining (MOQA) XXVI Bosh Assambleyasida tashkilotning oldindagi 4 yillik faoliyati uchun prezident va birinchi vitse-prezident saylash tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda MOQAning amaldagi prezidenti Robin Mitchel 2022-2026-yillar uchun ham tashkilot rahbari etib saylandi. Ovoz berish yakunlariga koʻra, Shayx Joan bin Hamad bin Halifa Al Tani esa birinchi vitse-prezident lavozimini egalladi. Boshqa lavozimlarga nomzodlar tashkilot rahbariyati tomonidan ilgari suriladi. Har bir mintaqadan tayinlanadigan vitse-prezidentlar esa oʻz qitʼalariga rahbarlik qiladi.

Maʼlumot uchun, Robin Mitchel 2018-yildan beri MOQA prezidenti vazifasini bajarib kelayotgan edi. Bugungi saylovda 97,25 % ovoz toʻplagan R.Mitchel yana 4 yil muddatga tashkilot rahbari etib saylandi.

Eslatib oʻtamiz, MOQAning Bosh Assambleyasi yigʻilishida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qoʻmita xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashevlar ham ishtirok etishmoqda.

Text to speech