FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 Oktyabr 2022 2313

Suv polochilarimizning Osiyo chempionatidagi raqiblari aniq

Suv polosi bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasining raqiblari ma’lum. 7-14 noyabr kunlari Tailandning Samutprakan shahrida ushbu sport turi bo‘yicha qit’a birinchiligi bo‘lib o‘tadi. Musobaqada jami 18 ta jamoa ishtirok etadi. Erkaklar bahsida 11 ta mamlakat termalari 2 guruhga bo‘lingan holda chempionatni boshlaydi. Yigitlarimiz unda “A” guruhidan o‘rin olgan. 7 ta ayollar jamoasi esa yagona guruhda aylana tizimida o‘tadigan bellashuvlarda g‘oliblik uchun kurashga kirishadi. Vakillarimiz joy olgan guruhlar bilan tanishing:

Ayollar: O‘zbekiston, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Tailand, Qozog‘iston, Singapur.

Erkaklar: O‘zbekiston, Eron, Qozog‘iston, Tailand, Koreya Respublikasi, Hindiston.

Terma jamoalarimiz ayni kunlarda Respublika oliy sport mahorat maktabining suzish havzasida mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

Text to speech