FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 Oktyabr 2022 2537

Super ogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev 44 yoshda!

Bugun oʻzbek boksining taniqli vakillaridan biri, super ogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Chagayev Ruslan Shamilovich 1978-yil 19-oktyabr kuni Andijonda dunyoga kelgan. Havaskor boksda faoliyatini boshlagan hamyurtimiz ikki karra Osiyo va jahon chempioni, Bangkok-1998 Osiyo oʻyinlari gʻolibi, Sidney-2000 yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi hisoblanadi. 2007-yil Germaniyada oʻtgan boks oqshomida rossiyalik Nikolay Valuyevni yengib, super ogʻir vazn toifasida WBA kamarini qoʻlga kiritgan. Taʼkidlash joiz, Chagayev ogʻir vazn toifasida bunday titulga sazovor boʻlgan osiyolik ilk bokschidir. Vatanimiz nomini dunyoga tanitgan atletimiz davlatimiz tomonidan “Buyuk xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordenlari, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” hamda “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvonlari bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Ruslan Chagayevni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech