FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Oktyabr 2022 1943

Jahon chempionati 2 ta supada o'tkaziladi

Joriy yilning 5-16-dekabr kunlari Kolumbiyaning Bogota shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida litsenzion xarakterga ega ushbu musobaqada qatnashish istagini bildirgan atletlar soni ortib bormoqda.

Maʼlum boʻlishicha, mazkur dunyo birinchiligida ishtirok etish uchun 1300 nafar sportchidan dastlabki talabnoma kelib tushgan. Garchi musobaqa arafasida ushbu raqamlar ancha kamaysa ham, qatnashchilar soni har qachongidan koʻp boʻlishi kutilmoqda. Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi bahslarni belgilangan vaqtda oʻtkazish va tugatish, terma jamoa vakillari va hakamlar korpusi aʼzolariga qulayliklar yaratish maqsadida musobaqa davomida 2 ta supadan foydalangan holda bellashuvlarni oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Mazkur dunyo birinchiligida Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi. Bosh murabbiy Bahrom Mendiboyev qoʻl ostidagi jamoamiz hozirda musobaqaga qizgʻin hozirlik olib bormoqda.

Text to speech