FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
17 Oktyabr 2022 3424

Yosh yengil atletikachilarimiz qit’ada uchinchi bo‘lishdi

Quvaytda yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqaning so‘nggi kunida 2000 metrga to‘siqlar osha yugurish bahsida eng yaxshi natija qayd etgan Dilshoda Usmonova (6:55,41) oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, langarcho‘pga tayanib sakrash dasturida Jasmina Mansurova 3,60 metr bilan kuchli uchlikdan joy oldi va jamoamizga bronza medalini taqdim qildi. Musobaqa qahramonlarini eslab o‘tamiz:

Oltin medal:
Sharifa Davronova (uzunlikka sakrash)
Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash)
Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash)
Nodir Norboyev (ko‘pkurash)
Dilshoda Usmonova (2000 m, to‘siqlar osha)

Kumush medal:
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash)

Bronza medal:
Jasmina Mansurova (langarcho‘pga tayanib sakrash)

Text to speech