FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Oktyabr 2022 3443

Yigitlarimiz Osiyo chempionatini medallar jamgʻarish boʻyicha birinchi oʻrinda yakunlashdi

Bahraynda ogʻir atletika boʻyicha navbatdagi qitʼa birinchiligi oʻz poyoniga yetdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi jami 6 ta oltin, 3 ta kumush va 10 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Olimpiada chempionlarisiz musobaqada qatnashgan erkaklar terma jamoamiz esa birinchi boʻldi.

Yigitlarimiz musobaqada 6 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamgʻarishdi. Qayd etish joiz, musobaqada jahon chempionatiga alohida tayyorlanayotgan ikki asosiy vakillarimiz Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev ishtirok etgani yoʻq. Qizlarimiz esa murosasiz bahslar davomida 1 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamoamiz gʻaznasiga qoʻshib qoʻyishdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston terma jamoasining Osiyo chempionatida qoʻlga kiritgan muvaffaqiyati bilan mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi, sportchi va murabbiylar, federatsiyaning barcha mutasaddilarini samimiy qutlaydi.

Text to speech