16 Oktyabr 2022 1534

Dzyudochilarimiz Abu-Dabi “Katta dubulg‘a” turniriga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi

Poytaxtimiz mezbonlik qilgan jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan g‘alabalar shukuhi bizni tark etib ulgurmasidan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yana bir muvaffaqiyat bilan bizni xushnud qilish niyatida. Jamoamiz 21-23 oktyabr kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida o‘tadigan “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etadi. Kutilganidek, Toshkentda asosiy tarkibda kurashgan yigitlarimizga dam berilgan. BAA musobaqasiga murabbiylar shtabi 9 nafar dzyudochimizni jalb qilgan. Tarkib quyidagicha:

Erkaklar:
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Obidxon No‘’monov
-100 kg: Otabek To‘raboyev
+100 kg: Bekmurod Oltiboyev

Ayollar:
-48 kg: Halima Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-57 kg: Shukurjon Aminova
-70 kg: Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa har bir vazn toifasi g‘oliblariga jahon reytingi uchun 1000, Parij-2024 yo‘lida esa 500 ochko taqdim qiladi.

Text to speech