FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
15 Oktyabr 2022 2344

Adham Ikramov Samarqanddagi infratuzilmani yanada yaxshilash bo’yicha ko’rsatma berdi

Samarqand so’nggi paytlarda dunyo nigohi e’tiborida turgan shaharlardan biri bo’libgina qolmay, mamlakatimiz sportining tom ma’nodagi poytaxtiga ham aylanib ulgurmoqda. Shaharda yaratilgan infratuzilma natijasida ko’plab nufuzli xalqaro musobaqalar o’tkazilyapti.

Bugun Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov Samarqand viloyatida xizmat safari bilan bo’ldi. Ma’lumki, ushbu viloyatda 2 ta Olimpiya va Paralimpiya o’yinlariga tayyorlash markazi mavjud bo’lib, ularda dzyudo bo’yicha jahon chempioni Davlat Bobonov kabi ko’plab iste’dodli yoshlar yetishib chiqmoqda.

Ayni kunlarda ushbu viloyatda ham yoshlarimiz orasida ommaviy sport targ’ibotini kuchaytirish yo’lida tashkil etilgan “Besh tashabbus Olimpiadasi”ning tuman(shahar) bosqichini o’tkazishga tayyorgarlik ketmoqda. Sportni rivojlantirish vaziri musobaqani yuqori saviyda va shaffof o’tkazish, ishtirokchilar uchun barcha sharoitlarni yaratish haqida alohida to’xtaldi.

Adham Ilhamovich tashrif davomida hududdagi sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, mavjud imkoniyatlardan maksimal foydalanish, seleksiya ishlarini kuchaytirish bo’yicha mutasaddilarga tegishli ko’rsatma berdi.

Text to speech