15 Oktyabr 2022 1599

Osiyo chempionatida yana ikki oltin medal

Quvaytda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida terma jamoamiz yana 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu gal jamoamiz hisobiga ko‘pkurashchimiz Nodir Norboyev hamda balandlikka sakrash bahsida Barnoxon Sayfullayeva oltin medallarni yozib qo‘yishdi.

Ikki kun davom etgan bellashuvlarda Nodir Norboyev 6934 ochko bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Ikkinchi o‘rinni Eron vakili Sina Afshinar (6417) egallagan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni vakili Sajjad Al Alxazoli (5674) kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Barnoxon Sayfullayeva esa mamlakatimizda balandlikka sakrash dasturida kuchli maktab shakllanganini yana bir bor ko‘rsatdi. 1.84 metrga sakragan hamyurtimiz eng yaqin ta’qibchilari qozog‘istonlik Alina Chistyakova hamda vetnamlik An Bu Tini 11 smga ortda qoldirishga erishdi.

Text to speech