13 Oktyabr 2022 1596

Xalqaro dzyudo federatsiyasi bayrog‘i jahon chempionatining kelgusi mezboniga topshirildi

Bugun Toshkentda yakuniga yetib borayotgan jahon chempionatining final blokidan avval musobaqaning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Bosh kotibi Jan-Lyuk Ruje, O‘zbekiston MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov hamda kelgusi chempionatni qabul qiladigan Qatar mamlakati dzyudo federatsiyasi Bosh kotibi Eyd Al Murayxi ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Toshkentda o‘tgan musobaqaning unutilmas onlariga bag‘ishlangan rolik namoyish qilindi. Shundan so‘ng IJF bayrog‘i tushirilib, uni Azizjon Kamilov ramziy ma’noda janob Rujega, Xalqaro dzyudo federatsiyasi Bosh kotibi esa bayroqni kelgusi dunyo birinchiligi mezbonlarining rasmiy vakiliga topshirdi.

Ma’lumot uchun, Qatarning Doxa shahrida tashkil etiladigan jahon chempionati 2023 yilning 7-14 may sanalarida o‘tishi mo‘ljallangan.

Text to speech