FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 Oktyabr 2022 2580

Ozarbayjon va Mo‘g‘uliston dzyudo federatsiyalari bilan aloqalar yanada mustahkamlandi

Poytaxtimizda o‘tayotgan jahon chempionatida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi yana bir hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu gal Ozarbayjon dzyudo federatsiyasi bilan olib borilayotgan aloqalar rasmiylashtirildi. Kelishuv O‘zbekiston MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbari Azizjon Kamilov hamda Ozarbayjon dzyudo federatsiyasi vitse-prezidenti, Pekin-2008 Olimpiadasi chempioni Elnur Mammadli tomonidan imzolandi. 

Qayd etish joiz, har ikki milliy federatsiya o‘rtasidagi aloqalar ancha iliq bo‘lib, terma jamoalar o‘rtasida muntazam o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etib boriladi. Jumladan, poytaxtimizda o‘tayotgan dunyo birinchiligiga tayyorgarlik doirasida jamoamiz xorij yig‘inlaridan birini Boku shahrida o‘tkazgan edi. 

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro do‘stona munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, bundan keyin ham yirik musobaqalarga tayyorgarlik doirasida qo‘shma yig‘inlar o‘tkazish borasida kelishib olishdi. 

Shuningdek, Azizjon Kamilov Mo‘g‘uliston dzyudo federatsiyasi rahbari, mamlakat sobiq prezidenti Xaltmagiyn Battulga bilan ham uchrashdi. Samimiy ruhda o‘tgan suhbatda har ikki davlatda dzyudoni yanada rivojlantirishga oid mavzularda fikr almashildi.

Text to speech