XVJ va Jahon banki inqirozga qarshi keng qamrovli reja ishlab chiqilganligini e'lon qildi
Asosiy choralardan biri – bu kredit berishni "muzlatish".
14-17 aprel kunlari tarixda birinchi marta xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) va Jahon banki xalqaro darajadagi inqirozni engib o'tish strategiyalarini muhokama qilish uchun onlayn sammit o'tkazadilar.
Tashkilotlar dunyo rahbarlari e'tibor berishlari kerak bo'lgan to'rtta asosiy jihatni muhokama qilishni rejalashtirmoqdalar:
– Virus bilan to'g'ridan-to'g'ri kurashish usullari;
– Aholi va biznesni iqtisodiy qo'llab-quvvatlash usullari.
– Moliyaviy tizim xavfsizligi;
– Jahon iqtisodiyotini tiklash yo'llari.
Shuningdek, ushbu tashkilotlar inqirozdan eng ko'p zarar ko'rgan davlatlarga 1,2 trln. dollar ajratishga tayyor ekanligini e'lon qilishdi.
"Endi bizga rivojlangan davlatlarning moliya va pul-kredit tashkilotlari o'rtasida yanada yaqin hamkorlik, shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlarga yanada faol yordam kerak. Inqirozga qarshi kurashning yangi bosqichida mamlakatlar iqtisodiyot va aholini qo'llab-quvvatlash uchun ko'proq an'anaviy choralarni qo'llashganda, ularni bir vaqtning o'zida etakchi savdo sheriklari bilan birgalikda amalga oshirish katta samara beradi", – dedi Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi boshqaruvchi direktori Saadiya Zohidiy.
Manba: https://www.vedomosti.ru/