FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Oktyabr 2022 2331

Sirdaryodagi sport muassasalarining tibbiyot bo‘limi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruh Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida joylashgan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga tashrif buyurdi. Unda ushbu muassasa hamda viloyat Bolalar va o‘smirlar sport maktabi tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Yig‘ilishda markaz mutaxassislari sport tibbiyotining bugungi kundagi ahamiyati va uni rivojlantirish masalalari haqida fikr bildirishdi.

O‘z navbatida, RSTIAM ishchi guruhi a’zolari viloyatdagi sport tibbiyoti xodimlarining malakasini oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyorligini aytishdi. Shundan so‘ng, markaz xodimlari muassasa tibbiy bo‘limi va oshxona holatini ko‘zdan kechirib, o‘z tavsiyalarini berishdi.

Text to speech