FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 Oktyabr 2022 2435

Oʻzbekiston va Misr dzyudo federatsiyalari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkentda oʻtayotgan jahon chempionati milliy federatsiyalar oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash yoʻlida muhim platformaga aylanmoqda. Musobaqa doirasida Oʻzbekiston va Misr dzyudo federatsiyalari oʻzaro hamkorlik boʻyicha rasmiy kelishuvga imzo chekishdi.

Tadbirda Oʻzbekiston MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, Misr dzyudo federatsiyasi rahbari Ahmad Marzuq ishtirok etishdi. Kelishuvga koʻra, tomonlar yirik musobaqalarga tayyorgarlik doirasida oʻzaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazib, ilmiy-metodik yoʻnalishda tajriba orttirib borishadi.

Ahmad Marzuq poytaxtimizda oʻtayotgan ushbu dunyo birinchiligi yuqori saviyada tashkil etilgani, hatto oʻzi ishtirok etgan eng yaxshi musobaqa ekanini taʼkidladi. Shuningdek, u bugun boʻlib oʻtadigan final bellashuvida Muzaffarbek Toʻraboyevga omad tiladi. Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro esdalik sovgʻalarini almashishdi.

Text to speech