FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
10 Oktyabr 2022 2321

Nikita Rafalovichni tabriklaymiz!

Bugun mahoratli taekvondochilarimizdan biri Nikita Rafalovich tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Rafalovich Nikita Igorevich 1993-yil 10-oktyabr kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Taekvondo boʻyicha jahon chempionatining ikki karra finalchisi (2015 va 2017-yillar). 2014-yil Incheon shahrida oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarining kumush medal sohibi. 2018-yil Osiyo oʻyinlari va Osiyo chempionati gʻolibi. Hamyurtimiz joriy yil Koreya Respublikasida oʻtkazilgan qitʼa birinchiligida ham tengsiz ekanligini namoyish qildi. Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan. Qayd etgan natijalari evaziga davlatimiz tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Nikita Rafalovichni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat salomatlik va ulkan gʻalabalar tilab qoladi.

Text to speech