FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Oktyabr 2022 2110

Konkurchilarimiz Millatlar kubogidagi ishtiroklarini yakunlashdi

Ispaniyaning Barselona shahrida ot sportining konkur yo’nalishi bo’yicha Millatlar ligasining final bosqichi bo’lib o’tdi. Unda hamyurtlarimiz dunyoning eng kuchli jamoalari bilan raqobat olib borishdi.

Chavandozlarimiz turnirda shohsupaga ko’tarila olmagan bo’lsalar ham jahonning yetakchi chavandozlari bilan bellashib, o’zlari uchun ulkan tajriba orttirishdi. Musobaqada Belgiya terma jamoasi oltin medalni qo’lga kiritdi. Fransiyalik konkurchilar kumush medalga ega chiqqan bo’lsalar, Shveytsariya vakillari kuchli uchlikni yakunlab berdilar.

Turnir davomida O’zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev Xalqaro ot sporti federatsiyasi rahbari Ingmar de Vos bilan uchrashib, hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish bo’yicha suhbatlashdi.

Text to speech