4 Oktyabr 2022 988

Andijonda boks bo’yicha xalqaro turnir yakunlandi

Andijonda boks boʻyicha V.A.Zolotaryov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro xotira turnir oʻz yakuniga yetdi. Unda hamyurtlarimizdan tashqari Qozogʻiston, Eron, Qirgʻiziston va Tojikistondan 120 nafardan ortiq charm qoʻlqop ustalari gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

Musobaqa yakunida xorijiy davlat ishtirokchilaridan Qozogʻiston jamoasi 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻldi. 13 vazn toifasida qolgan barcha sovrinli oʻrinlar oʻzbekistonlik bokschilarga nasib etdi.

Hasanboy Doʻsmatov, Saidjamshid Jafarov, Madiyar Saidrahimov kabi yetakchilar oʻz vazn toifalarida barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritishdi. Bugun oʻtkazilgan final janglarining natijalari va sovrindorlarning toʻliq roʻyxati bilan tanishing:

Text to speech