3 Oktyabr 2022
1809
Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer Toshkentga yetib keldi
Toshkent mezbonlik qiladigan dzyudo bo‘yicha dunyo birinchiligining asosiy mehmoni Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti janob Marius Vizer poytaxtimizga tashrif buyurdi. Martabali mehmon Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbari Azizjon Kamilov, MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev tomonidan kutib olindi.