3 Oktyabr 2022
1315
Terma jamoalarning tashrifi davom etmoqda
Toshkentda oʻtadigan dzyudo boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning poytaxtimizga tashrifi davom etmoqda. Bugun tongda Fransiya, Chili, Chexiya, AQSh, Ispaniya, Sloveniya, Braziliya, Polsha, Tunis terma jamoalari yetib kelishdi. Mehmonlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida samimiy kutib olindi.
Eslatib oʻtamiz, mamlakatimiz birinchi bor mezbonlik qilayotgan dunyo birinchiligi 6-13-oktyabr kunlari “Humo arena” majmuasida boʻlib oʻtadi.