FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2 Oktyabr 2022 2081

Faxriylarimiz hamisha e'tiborda

O‘zbekiston sport faxriylari kengashi vakillari 1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh trenerlarning holidan xabar olishdi. Bahodir Maxsitov boshchiligidagi faxriylarimiz uzoq yillar o‘zbek sportining rivojiga ulkan hissalarini qo‘shgan ustozlarning xonadonlariga tashrif buyurib, ular bilan dildan suhbatlashdilar va homiylarning sovg‘alarini ulashishdi.

Jumladan, bugun 73 yoshni qarshi olayotgan “Toshkent yo‘lbarsi” Rufat Risqiyev davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘ldi. O‘zbek sportining “oltin genofondi” sanalgan faxriylarimiz Prezidentimiz va bunday xayrli ishga bosh bo‘lgan barcha mutasaddilar hamda xalqimizning tinchlik-xotirjamligi, salomatligi uchun duo qilishdi.

Text to speech