FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
30 Sentyabr 2022 2672

Karate boʻyicha Oʻzbekiston kubogining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Maʼlum qilganimizdek, Chirchiq shahri karate boʻyicha mamlakat kubogiga mezbonlik qilmoqda. Bugun Oʻzbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida boʻlib oʻtayotgan musobaqaning tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Abdulla Aslonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisi oʻrinbosarlari Ravshan Irmatov va Sherzod Tashmatov, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, Rashid Talipov boshchiligidagi Oʻzbekiston karate WKF federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Marosimda soʻzga chiqqan Abdulla Aslonov va Rashid Talipov karatening mamlakatimizda tobora ommalashib borayotgani, mazkur musobaqa dekabr oyida Toshkentda oʻtadigan Osiyo chempionati va kelasi yil Xanchjou shahri mezbonlik qiladigan Osiyo oʻyinlari uchun terma jamoa tarkibini shakllantirib olish yoʻlidagi muhim musobaqa boʻlishini taʼkidlashdi.

Eslatib oʻtamiz, 2-oktyabrgacha davom etadigan ushbu turnir barcha yosh toifalarida kata va kumite dasturlarida oʻtkazilib, unda 1600 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda.

Text to speech