FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 Sentyabr 2022 2632

Joʻra Zoirov II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktyabr – Ustoz va murabbiy kuni arafasida mamlakatimizda taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yoʻlidagi katta xizmatlari, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ona Vatanga mehr va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh hamyurtlarimizni davlat mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha Farmonni imzoladi.

Unga koʻra, ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Joʻra Zoirov II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Qayd etish joiz, ushbu mutaxassis qoʻl ostida yoshlarimiz joriy yil ulkan gʻalabalarga erishdi. Jumladan, Gretsiyaning Iraklion shahrida oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon, poytaxtimiz mezbonlik qilgan Osiyo chempionatlarida iqtidorli atletlarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. Shuningdek, yosh ogʻir atletikachilarimiz Konya-2021 V Islom birdamligi oʻyinlarida delegatsiyamiz hisobiga qimmatli medallarni taqdim qilishdi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi davlat mukofoti bilan taqdirlangan Joʻra Zoirov va uning timsolida barcha ustozlarimizni qutlab, ularga kelgusida ham omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.

Text to speech