FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
28 Sentyabr 2022 2172

Olga Zabelinskaya davlat mukofotini qabul qilib oldi

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi arafasida mahoratli velosportchimiz Olga Zabelinskaya “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi. Avstraliyada oʻtgan jahon chempionatidan soʻng yurtimizga qaytib kelgan atletimiz bugun ushbu mukofotni qabul qilib oldi.

Faxriy unvonni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbari Tanzila Norboyeva topshirdi. Uchrashuv davomida Tanzila Kamalovna sportchimiz bilan uning yaqin kelajakdagi rejalari, mamlakatimizda velosport, xususan, xotin-qizlar sportini yanada rivojlantirish kabi mavzularda suhbatlashdi.

Text to speech