FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 Sentyabr 2022 2843

Oybek Norinboyevni tabriklaymiz!

Bugun Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi va Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi raisi Oybek Norinboyev tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Norinboyev Oybek Qobiljonovich 1979-yil ushbu sanada dunyoga kelgan. 2000-yil Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2010-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasining Oliy biznes maktabini tamomlagan. Bir necha yil turli davlat sektorlari rahbarligida samarali mehnat qilgan Oybek Qobiljonovich 2019-yildan Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasini, 2021-yildan esa Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston Geografiya jamiyatini boshqarib kelmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oybek Norinboyevni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech