FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 Sentyabr 2022 2189

Chavandozlarimiz Rossiyadagi turnirda muvaffaqiyatli qatnashishdi

Moskvada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Maxima Masters Eurasia” musobaqasining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, unda hamyurtlarimiz Gran-pri dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. “Mattsa” laqabli tulpori bilan qatnashgan terma jamoamiz yetakchisi Bekzod Qurbonov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Nurjan Tuyakbayev “Lanselotta” otida kuchli beshlikdan joy oldi.

Bahsda rossiyalik Mixail Safronov “Key tu Prezident” laqabli oti bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Jentelmen of Morka” tulpori bilan tandemda harakat qilgan mezbonlarning yana bir vakili Anastasiya Sherbakova shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ushbu bosqichdan so‘ng B.Qurbonov 82, N.Tuyakbayev esa 71 ball bilan umumiy hisobdagi yetakchilikni saqlab turishibdi. Ulardan keyingi pog‘onalarni Sergey Petrov (64), Nataliya Simoniya (62), Ivan Malyugin va Mixail Safronov (55) band etishgan.

Text to speech