FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
22 Sentyabr 2022 3508

Osiyoning eng kuchli suzuvchilari Samarqandda jam boʻlishdi

Bugun diyorimizda ochiq havzada suzish boʻyicha Osiyo chempionati start oladi. Samarqand mezbonligida oʻtayotgan X qitʼa birinchiligining ilk kunida erkaklar va ayollar oʻrtasida 5 km masofaga oʻtkaziladigan bahslarga guvoh boʻlamiz.

Ayni daqiqalarda Samarqandda musobaqaning tantanali ochilish marosimi davom etmoqda. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Rustam Qobulov, Osiyo suzish konfederatsiyasi Bosh kotibi Taxa Al Kishri ishtirok etishyapti. Tan olish lozim, mazkur musobaqaga koʻrilgan tayyorgarlik, yaratilgan infratuzilma, mehmonlar uchun muhayyo etilgan sharoitlar mutaxassislar eʼtirofiga sazovor boʻldi. Buni ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar ham alohida taʼkidlab oʻtishdi.

Bugungi bellashuvlarda Abdujalil Abdugʻaniyev, Vyacheslav Shkretov va Nikita Kornilov erkaklar oʻrtasida, Parizoda Iskandarova, Anastasiya Zelinskaya hamda Muslima Jumaboyeva ayollar bahsida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Hozirda sportchilar chigal yozish mashqlarini olib borishmoqda. Musobaqalar soat 10:00 dan start oladi.

Text to speech