Alisher Mirsoatovni tabriklaymiz!
Bugun Oʻzbekiston tennis federatsiyasi raisi Alisher Mirsoatov tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Mirsoatov Alisher Qudratullayevich 1974-yil 20-sentyabr kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 1996-yil Toshkent Davlat texnika universitetining bakalavr, 2003-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi Oliy biznes maktabining magistratura bosqichini tamomlagan. 2017-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi, 2020-yili 7-martdan Oʻzbekiston tennis federatsiyasi raisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Alisher Qudratullayevichni tavallud ayyomi bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.